Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev raisligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xojimatov Abdugʻaffor
Viloyat hokimligi axborot xizmati

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xojimatov Abdugʻaffor Tillaboyevich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Xojimatov Abdugʻaffor Tillaboyevich 1967-yil 31-avgustda Namangan viloyati Uychi tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz taʼminoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati “Guliston gaz ta’minoti” korxonasi bosh muhandisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati boʻlimi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, “Markazgaztaʼminot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz taʼminoti boshqarmasi boshligʻi, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog