Sindzo Abe: Rossiya va Yaponiya tinchlik shartnomasini imzolashga yaqin edi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe “Nikkei” gazetasiga bergan intervyusida 2018-yilda Tokio va Moskva tinchlik shartnomasini tuzishga yaqin edi deb taʼkidladi. Bu haqda “Vesti.ru” sayti xabar berdi.

gazeta.ru

Sobiq bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu muammoni 2016-yil dekabr oyida Yaponiyaga tashrifi chogʻida hal qilmoqchi edi. 2018-yil noyabr oyida Singapurdagi uchrashuvda ikki davlat rahbarlari tinchlik shartnomasini tuzishga yaqin kelgan.

Abening taʼkidlashicha, bunga Rossiya Federatsiyasi va AQSH oʻrtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi toʻsqinlik qildi. Ziddiyatga Qrimning Rossiyaga qoʻshilishi sabab boʻldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog