Foto: ABC

Sidney aholisi COVID-19 cheklovlariga qarshi norozilik bildirmoqda

Shanba kuni taxminan uch yarim ming kishi markaziy Sidney koʻchalariga chiqib, hukumat tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga norozilik bildirdi, deb xabar berdi Avstraliyaning ABC telekanali.

Xabarga koʻra, shahar hokimligi qarshida politsiya bilan toʻqnashuvlar boʻlgan. Namoyishchilar politsiyaga qarata gullar ekilgan plastik tuvak va idishlarni uloqtirishdi. Aksiya natijasida huquqbuzarliklar toʻgʻrisida 90 dan ortiq bayonnomalar tuzilib, 57 namoyishchilar hibsga olingan.

Melburn va Brisben aholisi kichikroq norozilik bildirilmoqda.

Pandemiya paytida Avstraliya koronavirusning keng tarqalishidan saqlanib qoldi. Biroq soʻnggi oylarda infeksiyaning kunlik oʻsishi yuzdan oshdi. Bir kun avval Avstraliya hukumati rekord miqdordagi COVID-19 kasalligi haqida xabar berdi — bir sutka davomida 163 kishi virusni yuqtirib olgan.

Iyun oyi oxirida Sidneyda karantin cheklovlari eʼlon qilindi, keyin cheklovlar 31-iyulgacha uzaytirildi. Cheklovlar Melburnda va 20-iyuldan boshlab esa Janubiy Avstraliya shtatida ham eʼlon qilindi.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus infeksiyasining 32,7 mingdan ortiq holatlari aniqlangan, 916 nafar kishi vafot etgan, 29,7 mingdan ortiq bemor kasallikdan davo topgan.

Latest from Blog