Shveytsariyada O‘zbekistonning Gulnora Karimova ishi bo‘yicha murojaati o‘rganilmoqda

Shveytsariya Bosh prokuraturasida Gulnora Karimova ishi yuzasidan O‘zbekistonning murojaati o‘rganilayotgani haqida xabar berildi, deb yozmoqda Qalampir.uz.

Foto: Moda.ru

Shveytsariya Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasidan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat kelib tushganini tasdiqladi.

Shveytsariya Bosh prokuraturasi tomonidan 2012-yilda Gulnora Karimova va yana besh nafar shaxsga nisbatan korruptsion qonunbuzarlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Shveytsariya Bosh prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi ochilganida 19 mamlakatdan huquqiy hamkorlik ko‘rsatishda yordam so‘rab murojaat qilingan.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumoti berilgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar