Foto: evangelicalfocus.com

Shveysariyaliklar yuzni yashiradigan bosh kiyimlarga qarshi ovoz berishdi

/

Shveysariya fuqarolari referendumda yuzni yashiradigan bosh kiyimlarning deyarli barcha jamoat joylarida taqilishini taqiqlash taklifini qoʻllab-quvvatladilar.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ovoz berganlarning 51,2 foizi ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlagan. Oʻzgartirish tarafdorlari Kantonlarning (Shveysariyadagi eng yuqori darajadagi maʼmuriy birlik nomi — tahr.) aksariyat qismida gʻalaba qozonishdi.

Taqiq, xususan, ayollarning yuzini butunlay yashiradigan musulmonlarning bosh kiyimlariga taalluqlidir. Bundan tashqari, bundan buyon namoyishchilarga yuzlarini yashirish, masalan, balaklavalarni kiyish taqiqlanadi.

Shveysariya ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, mamlakatda 400 mingga yaqin musulmon yashaydi. Ularning aksariyati taqiqlangan bosh kiyimlarni shundoq ham kiymaydi.

Latest from Blog