Shved prokuraturasi Assanjga qarshi ishni yopdi

2

Shved prokuraturasi yetti yildan buyon shug‘ullanib kelayotgan Julian Assanjga qarshi ishni yopdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar qilmoqda.

Foto: The New York Times

2010-yilda WikiLeaks asoschisiga ikki ayolni zo‘rlaganlik aybi qo‘yilgan edi. Biroq Assanj ayblovni tan olmagan.

Shvetsiyaga (bundan tashqari maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun AQShga ham) ekstradatsiya qilinishidan qo‘rqib, Assanj Buyuk Britaniyaga qochib ketgan edi. Ayni paytda u Londondagi Ekuador elchixonasida yashab kelmoqda. Elchixonadan tashqariga chiqgan holda Assanj shu zayotiyoq hibsga olinadi.

Avvalroq, AQSh hukumati WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qarshi ayblovlarni tayyorlab, uni hibsga olishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingan edik.

Latest from Blog