Shumanayda Markaziy Osiyodagi yagona brezent korxonasi qurilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida maydoni 5,88 gektar bo‘lgan brezent ishlab chiqarish korxonasi binosining qurilishi boshlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar berdi.

Foto: “KRuz.uz”

Korxona to‘liq ishga tushgach, 300 dan ortiq kishi ish o‘rni bilan ta’minlanadi. Joriy yilning may oyida boshlangan qurilish ishlari yangi yil arafasida yakunlanib, binoning ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.

17,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan bu korxonaning texnologiyalari Belgiya va Hindistondan keltiriladi. Unda mahalliy paxtaning eng past chiqindisidan brezent ishlab chiqariladi.

Bunday brezent to‘qish korxonasi Rossiya, Xitoyda mavjud bo‘lib, qurilayotgan korxona Markaziy Osiyo davlatlarida yagona korxona bo‘ladi.

Latest from Blog