Hozirga qadar Namangan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Shuhrat Musayev viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuhrat Musayev 1973-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda Namangan viloyat “Istiqbolstat” bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

2000—2017-yillarda viloyat “Iqtisodstat” bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, viloyat hokimligi referenti, bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.

Shuhrat Musayev 2017-yildan buyon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.