Shuhrat Gʻaniyev boshqa ishga oʻtishi, Xayrulla Bozorov esa Fargʻona viloyati hokimi boʻlishi kutilmoqda

Bugun, 25-sentabr kuni, Fargʻona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Majlisda tashkiliy masala koʻriladi.

Unda Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Xayrulla Bozorovni Fargʻona viloyati hokimi etib tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi. Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev esa boshqa ishga oʻtishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog