Shubhali shaxsning choʻntagidan “marixuana” topildi

Qayd etilishicha, 10-sentabr kuni oʻtkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Pop tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan fuqaro toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, shimining yon choʻntagidan oʻtkir hidli, koʻkimtir rangli giyohvand moddasiga oʻxshash modda borligi aniqlanib, tekshirib koʻrish uchun olingan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar bermoqda.

marixuanaNamangan shahar IIO FMB Ekspert-kriminalistika boʻlimining xulosasiga koʻra, ushbu moddaning sof ogʻirligi 2,41 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi koʻrsatilgan.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 18-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog