Sho‘rchida 14 yoshli maktab o‘quvchisi Nexia o‘g‘irladi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Jarqishloq” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi 14 yoshli bola Nexia avtomashinasini o‘g‘irlab qochgan va daliliy ashyo bilan qo‘lga tushgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.F. soat 13:30 da o‘ziga tegishli Nexia rusumli avtomashinani Denov tumanidagi ko‘chaga qo‘yib, pult orqali qulflaydi. O‘t oldirish kalitini joyida qoldirib, yumushlarini bajarishga ketadi.

Soat 16:00 da qaytib kelganida, mashina joyida bo‘lmagan. Fuqaro bu haqda zudlik bilan Denov tumani IIB navbatchilik qismiga xabar bergan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida avtomashinani boshqargan sho‘rchilik maktab o‘quvchisi J.M. o‘rtoqlari bilan “sayr” qilib yurgani aniqlandi.

Olib qochilgan mashina ichki ishlar organi xodimlari tomonidan “Jarqishloq” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtatilgach, bolaning otasi avtoulovning olib qochilishiga o‘g‘lining aloqasi yo‘qligini isbotlashga uringan. Lekin ichki ishlar xodimlari buning aksini isbotladi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Nexia qonuniy egasiga qaytarildi.

Avvalroq, seshanba kuni Toshkentda noodatiy yo‘l hodisasi sodir etilgani haqida xabar qilingan edi. Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on (Darxon) ko‘chalari chorrahasida oq rangli Spark avtomobili svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘idan o‘tib ketib, boshqa avtomobillarga shikast yetkazgan.

Avtomobil mashinalar oralab ketayotgan vaqtda bir necha bor (eng kamida sakkiz marta) o‘q ovozi eshitilgan. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda atrofi qurshab olingan va orqa bamperi osilib qolgan, g‘ildiraklari teshilgan holatdagi avtomobil tasviri tarqaldi. Mashina Botkin qabristoni yaqinida topildi. Mashina o’g’risi esa, voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda o‘g‘rilar qo‘lga olingani to‘g‘risida ma’lum qilingani yo‘q.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar