Shoir Yevgeniy Yevtushenko 85 yoshida vafot etdi


Shoir Yevgeniy Yevtushenko 85 yoshida AQShda vafot etdi. Bu haqda 1-aprel kuni shoirning do‘sti Mixail Morgulis TACC‘ga xabar qildi.

“Besh daqiqa oldin Yevgeniy Aleksandrovich hayotdan ko‘z yumdi”, – dedi u.

Marhumning so‘nggi istagiga ko‘ra, u Moskva viloyatining Peredelkino qo‘rg‘onidagi qabristonga dafn qilinadi.

31-mart kuni shoir zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan edi.

Yevtushenko 1932-yilning 18-iyulida tug‘ilgan. O‘zining ilk she’rini 1949-yilda nashr qildirgan. Uch yil o‘tib shoir “Разведчики грядущего” kitobini chiqaradi. Shoir 1991-yildan beri AQShda yashab kelgan.

Latest from Blog