Shoir Nosir Muhammad vafot etdi

Bugun, 5-iyul kuni shoir, jurnalist Nosir Muhammad 71 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Uz24.uz axborot portali xabar qilmoqda.

“Kutilmagan fojea…Ajoyib inson, qadrdon do‘st, go‘zal shoir akamiz Nosir Muhammad bugun 71 yoshida qazo qildilar. Nosir aka juda ham qalbi toza, halol va pok inson edilar. Barcha do‘stlarimizdan, shu aziz inson haqqiga xayri duo qilishlarini, qiyomatda mushkullari oson bo‘lishini tilashlarini so‘rab qolar edim. Nosir akaning haqlariga harqancha duo qilsak ham arziydigan inson edilar…”, deb yozadi marhumning hamkasbi shoir Muhammad Ismoil o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Foto: Uz24.uz

Ziyouz saytida ma’lumot berilishicha, Nosir Muhammad (Nasriddin Muhammadiyev) 1946-yilning 2-dekabrida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1968-yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan.

“Toshkent oqshomi” gazetasida kichik adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-79-yillari Eronda tarjimon, “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib (1985-1993), O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xalqaro axborotlar tahririyati bosh muharriri (1993), “Jahon” axborot agentligida (1994), O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida Matbuot kotibi (1996-99), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining yetakchi konsultanti (1999-2005) bo‘lib ishlagan.

Nosir Muhammad O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi (1972) va Yozuvchilar uyushmasi (1989) a’zosi, 20 ga yaqin she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi. U 2005-yildan buyon Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar