Shimoliy Koreya «maxsus taktik qoʻshinlar»ni yaratdi – OAV


Shimoliy Koreya qurolli kuchlarning yangi turini yaratdi, — deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Xabarda aytilishicha, Qurolli kuchlarning bu yangi turi — maxsus taktik qoʻshinlar deb ataladi.

«Piyoda, harbiy-dengiz, harbiy havo va strategik qoʻshinlardan tashqari, yangi, maxsus taktik qoʻshinlar turi yaratildi», — deb xabar qilgan Seuldan Ryonxap axborot agentligi.

Nashr xabariga koʻra, 15-aprel kuni Pxenyanda boʻlib oʻtgan harbiy paradda avval ishlatilmagan atama tilga olingan. Masalan, «Nodon Sinmun» nashri «Kim Ir Sen maydonidan harbiy dengiz, harbiy-havo va havo mudofaasiga qarshi Koreya xalq armiyasining strategik va  maxsus taktik qoʻshinlari kolonnasi oʻtgani» haqida yozgan.

Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 13-aprel kuni maxsus qoʻshinlar oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilgani haqida xabar bergan va bu qoʻshinlar keyinroq paradda namoyish qilinganini aytib oʻtgan.

Shimoliy Koreya TV sidagi translyatsiyaga koʻra, maxsus qoʻshinlar parad davomida yuzlari qora grimmga boʻyalgan va qora koʻzoynaklar taqqan holatda marsh qilganlar. Ryonxap nashrining ekspertlarga tayangan holda tarqatgan xabariga koʻra, Shimoliy Koreyaning yangi turdagi qurolli qoʻshinlari urush yuzaga keladigan taqdirda Kim Chen Inni yoʻq qilish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazayotgan Amerika va Janubiy Koreya maxsus qoʻshinlariga qarshi turish uchun yaratilgan.

Latest from Blog