Foto: Yonhap

Shimoliy Koreya ikkita taktik raketaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida ma’lum qildi

/

Shimoliy Koreya ikkita yangi boshqariluvchi taktik raketalarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Sinovlar 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan. Koreyalik harbiylar xabariga ko‘ra, ikkala raketa ham KXDR sharqiy qirg‘oqlaridan 60 kilometr masofada joylashgan nishonga muvaffaqiyatli borib tekkan. Muvaffaqiyatli parvoz haqida davlat rahbari Kim Chen In xabardor qilingan.

Harbiylar qayd etishicha, yaqinda ishlab chiqilgan raketalar og‘irligi 2,5 tonnagacha bo‘lgan yadroviy jangovar kallaklarni tashishga qodir.

KXDR 25-mart kuni Yapon dengiziga qarata ikkita ballistik raketani uchirdi. Raketa sinovlari haqida Yaponiya Mudofaa vazirligi va Janubiy Koreya harbiylari ma’lum qildi. Bungacha esa AQSh harbiylari Pxenyan tez orada ballistik raketalar uchirishni qayta boshlashi haqida ogohlantirgan edi.

Keyinroq Amerika prezidenti Jo Bayden keskinlik kuchaygan taqdirda, Vashington Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga javob qaytarishini va’da qildi.

Avvalroq Oq uy fevral o‘rtalaridan buyon bir nechta diplomatik kanallar, shu jumladan, Nyu-Yorkdagi kanallar orqali Pxenyan bilan bog‘lanishga urinib kelgani, ammo Shimoliy Koreya rahbariyati bu urinishlarni e’tiborsiz qoldirganini aytgan edi.

Shimoliy Koreya hukumati esa Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQShning yangi ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmasligini aytdi. KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqot “bir stolda teng huquqli o‘tirib, fikr almashish” muhitini talab qiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar