Shimoliy Koreya Avstraliyaga yadroviy zarba bilan tahdid qildi

Pxenyan Kanberraga AQShning Shimoliy Koreyaga bo‘lgan siyosiy munosabatini Avstraliya kuzatadigan taqdirda yadroviy zarba bilan hujum qilishini ma’lum qilib, tahdid qildi. Bu haqda 22-aprel kuni Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili bilan suhbat qurgan ABC telekanali xabar qilmoqda.

“Avstraliya hukumati ko‘r-ko‘rona va astoydil AQShning chizgan chizig‘idan chiqmaydi. Agar Avstraliya AQShning Shimoliy Koreyaga taqiq va bostirish harakatlarini kuzatishda davom etsa, bu Avstraliya uchun katta xavf tug‘dirib, Shimoliy Koreyaning yadroviy hujum qilishi mumkin bo‘lgan hududlariga kirib qoladi”, – dedi telekanal suhbatdoshi.

Latest from Blog