Sherzod Shermatov: Kursning bugungi keskin o‘zgarishi tariflarga ta’sir qilmaydi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov kurs keskin o‘zgarishining tariflarga ta’sirini sodda qilib tushuntirdi.

Foto: “Texnoman.uz”

“Sodda qilib aytsak: Telefon va internet xizmatlari uchun to‘lovlar tanlangan tarif rejasi bo‘yicha shu kungacha necha so‘mda to‘langan bo‘lsa, shuncha to‘lanadi. Kursning bugungi keskin o‘zgarishi tariflarga ta’sir qilmaydi. (Albatta, billing tizimlarini o‘zgartirishga va barcha reklama materiallarini o‘zgartirib chiqishga biroz vaqt talab etiladi, lekin bu tariflarga ta’sir qilmaydi.)

Latest from Blog