Shayxontohur tumanida fohishaxona saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Shayxontohur tumanida fohishaxona saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

2017-yilning 9-iyul kuni, taxminan, soat 23:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yuriy Chekrizev Shayxontohur tumani, Markaz-13 daxasi, 18-uy, 10-xonadonda fohishaxona saqlab, 30 000 so‘m pul evaziga fuqaro “E” va “M” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar