Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif buyurish sanasi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif uyushtirishi haqida xabar bergan edik.

Foto: 24.kg

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, davlat tashrifi sentabr oyining ilk o‘n kunligida rejalashtirilayotgan edi.

Bugun, 30-avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonga 6-sentabr sanasida davlat tashrifini amalga oshiradi.

Biroz avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Sapar Isakov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. O‘tkazgan muloqoti chog‘ida mazkur masalaga oydinlik kiritilgan.

Latest from Blog