Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini muvaffaqiyat bilan tabrikladi


2017-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdog‘anni 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta’kidladi va qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.

Latest from Blog