Shavkat Mirziyoyev Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

Turkiya din ishlari boshqarmasi raisi doktor Ali Erbosh 19-oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Bu haqda boshqarma saytida xabarnoma e’lon qilindi.

VFL.RU - ваш фотохостинг

Toshkentga ikki kunlik safari doirasida Ali Erbosh Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat chog‘ida ota yurti O‘zbekistonga kelganidan mamnuiyatini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat orasida munosabatlarning yanada rivojlanishi, jumladan, din ta’limi va diniy xizmatlar masalalari bo‘yicha fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar orasida din xizmatlari, diniy ta’limdan tashqari, turkiyalik talabalarning Buxoro, Samarqand, Termiz, Toshkent kabi shaharlarga tashrif buyurishi, shuningdek, Turkiyaning “Mavlono” pedagogik dasturi doirasida mutaxassis almashish singari masalalar bor edi.

Shavkat Mirziyoyev musulmon davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, G‘arb mamlakatlarida mavjud islomofobiyaga hamda IShID, “Boko Haram”, “ash-Shabob”, FETO kabi terrorchi harakatlari tomonidan dinning yanglish taqdim etilishiga qarshi islom o‘lkalarida sog‘lom din ta’limi va dinni to‘g‘ri tushunishning yo‘lga qo‘yilishi, e’tibor qaratish lozimligiga e’tibor qaratdi.

Ikki soat davom etgan suhbatda Ali Erboshga Kavkaz musulmonlari diniy idorasi rahbari Allohshukur Poshshozoda hamrohlik qildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar