Shavkat Mirziyoyev talabalar yotoqxonalari va yopiq sport maydonlarini koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun moslashtirish haqida ko‘rsatma berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni erta tongdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, “koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas”.

Shu munosabat bilan yig‘ilishda qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini oshirish lozimligi ta’kidlangan.

Birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog