Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Foto: Knews.kg

«Sizning g‘alabangiz chuqur tuzilmaviy islohotlar va mamlakatdagi o‘zgarishlar, aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va totuvlikni ta’minlash, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashga qaratilgan reja va dasturlaringizning qardosh Qirg‘iziston xalqi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi», – deya ta’kidlanadi O‘zbekiston rahbari maktubida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda va xalqlar farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga tayyor.

«Men so‘nggi yilda erishilgan yuqori darajadagi konstruktiv siyosiy muloqot va tomonlarning mavjud muammolarni hal qilish uchun o‘zaro hurmat hamda umumiy manfaatlarni hisobga olish printsiplari asosida ish olib borishi yanada rivojlanishiga ishonchim komil», – deya ta’kidlanadi maktubda.

O‘zbekiston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga mustahkam sog‘lik va yangi ma’suliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Qirg‘iziston xalqiga esa – tinchlik va farovonlik tilagan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar