Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 12-may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda Uz24 axborot portali «O‘zA»ga tayanib.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidentini Xitoyga birinchi davlat tashrifi bilan samimiy qutladi.

Siz bilan Pekinda uchrashib turganimdan g‘oyat xursandman. Bu yil davlatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgani hamkorligimizning bundan keyin ham jadal rivojlanishiga zamin bo‘ladi. 2016-yilda Buxoroda bo‘lganimda menga hamrohlik qilganingiz uchun minnatdorman. Bugun barcha sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanayotgani bizni quvontiradi, dedi Si Szinpin.

XXR Raisi Xitoy va O‘zbekiston munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘yayotganini, bu bosqich yuqori texnologiyalar sohasida keng ko‘lamli hamkorlik boshlangani bilan izohlanishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirdi va bugungi muzokaralar oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga hurmat ko‘rsatib, 2016-yil Buxoroga borganingiz, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga katta qiziqish bildirganingizdan xursandmiz. O‘zbekiston Xitoyni qadimiy tarix va noyob madaniyat, ulkan salohiyatga ega, jahon iqtisodiyotining yetakchilaridan bo‘lgan va o‘z maqsadlari yo‘lida dadil borayotgan mamlakat sifatida biladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar