Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevni qabul qildi, deb xabar beradi Uz24.uz O‘zA’ga tayanib.

Foto: Gazeta.ru

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev shu yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi tashrifi davomida qabul qilingan ikki tomonlama, shu jumladan, migratsiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Kolokoltsev O‘zbekiston ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar