Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining saytida xabar qilindi.

Foto: president.uz

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali sohalardagi investitsion loyihalar va yangi istiqbolli dasturlar ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuvalov Rossiya O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlantirib, mustahkamlab borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Latest from Blog