Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidov Bishkekda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Foto: Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmari

Oʻzbekiston prezidentining Qirgʻizistonga tashrif buyurishi haqidagi jurnalist savoliga elchi ijobiy javob bergan.

«Tomonlar ushbu tashrifga tayyorgarlik koʻrmoqda, aniq muddatlar kelishiladi. Tashrif amalga oshadi», – degan elchi.

Oʻtgan haftada boʻlib oʻtgan bosh vazirlar uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev sentabrda Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida bildirgandi.

Latest from Blog