Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi

PrezidentShavkat Mirziyoyev 4-oktabr kuni O‘zbekiston “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Gazeta.uz

Qonun shu kuni Senat, 28-sentabr kuni esa Qonunchilik Palatasi tomonidan ma’qullangan edi.

5-sentabr kuni Bishkekda O‘zbekiston Prezidentining tashrifi doirasida imzolangan kelishuv bilan o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 1170,53 kilometr yoki 85 foiz hududi delimitatsiya qilindi.

Yuqori palata plenar yig‘ilishida xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, chet el investitsiyalari va turizm bo‘yicha Senat qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov chegaraning qolgan qismi yaqin vaqt ichida tartibga keltirilishini bildirib o‘tdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar