Shavkat Mirziyoyev Ostonada Qirg’iziston prezidenti bilan uchrashdi

ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi. Bu haqda «Jahon» AA xabar qilmoqda.

Foto: www.uzdaily.uz

Keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Mamlakatlar jamoatchiligi vakillarining Andijon va O‘sh shaharlariga o‘zaro tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda tashrif buyurishni taklif qildi.

Latest from Blog