Shavkat Mirziyoyev Ostonada Eron, Afg‘oniston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida afg‘onistonlik hamkasbi Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan ham uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

 Muzokarada O‘zbekiston va Turkiyaning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga jonab ketgan edi. 

Davlat rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda «EXPO-2017» xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar