Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi, deb xabar tarqatdi O‘zA.

Foto: 4esnok.by

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi, 2017-2018-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Ostona shahrida Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahrida EXPO – 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar