Shavkat Mirziyoyev O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4-iyul kuni 70 yillik yubileyini nishonlagan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Foto: the-uff.com

“Davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan Vatanimiz mustaqilligini, uning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yosh avlodni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash ishiga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mirabror Zufarovich Usmonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida.

Mirabror Usmonov, shuningdek, “Mehnat shuhrati” (1995), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2007), “El-yurt hurmati” (2011) ordenlari hamda “O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni sohibi sanaladi. Bundan tashqari, Mirabror Zufarovich Osiyo Olimpiya kengashining “Oltin ordeni” va FIFAning “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar