Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi

BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashkilot Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Prezident O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, chinakam demokratik huquqiy davlat barpo etishning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Oliy komissarga minnatdorlik bildirdi.

Oliy Komissar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi hamda Harakatlar strategiyasi keng ko‘lamli yangilanishlar uchun mustahkam asos bo‘layotganini qayd etdi.

Zayd Raad al-Husayn O‘zbekiston va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (IHOKB) o‘rtasidagi amaliy va ochiq muloqotni kengaytirish va mustahkamlashga yangi sur’at baxsh etgan 2017-yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini yuksak baholadi. Iyun oyida parlament boshqarma bilan hamkorlik bo‘yicha 90 dan ortiq tadbirdan iborat harakatlar rejasini qabul qildi.

IHOKBning Bishkekdagi mintaqaviy ofisi bilan faol hamkorlik rivojlanmoqda. Sentabr oyi boshida ushbu ofis rahbari O‘zbekistonda bo‘ldi. Sentabr oyi oxirida BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahidning O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi rejalashtirilgan.

Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga 2017-yil 10—11-noyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar