Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: AKIpress News Agency

Shavkat Mirziyoyev suhbat avvalida Qozog‘iston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekistonda Prezident Nursulton Nazarboyevni jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi va ulkan siyosatchi, O‘zbekistonning yaqin do‘sti va ishonchli hamkori sifatida yaxshi bilishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari joriy yilda oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning muhim jihatlarini muhokama etdilar.

Barcha sohalarda o‘zaro hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ko‘paydi, Toshkent, Ostona va Olmaota shaharlari o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, poytaxtlar o‘rtasida aviaqatnov ko‘paydi, avtobus qatnovini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mamlakatlar hududlari o‘rtasida o‘zaro sheriklik munosabatlari yo‘lga qo‘yilib, izchil rivojlanmoqda.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbarini yana bir bor samimiy tabriklab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Suhbat an’anaviy samimiylik va do‘stona ruhda o‘tdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar