Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati” ordеni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

Foto: “Kazinform”

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabrda ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Qozog‘iston Prezidentini “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Foto: “Kazinform”

O‘zbekiston rahbari ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda topshirdi. Nursulton Nazarboyev ushbu mukofot va hurmat-e’tibor uchun Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar