Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirining yangi oʻrinbosarini tayinladi

Tegishli qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Foto: Nasil.com

«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Haydarov Ahadbek Yahyobekovich Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi», — deyilgan xabar matnida.

Haydarov ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi, boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Ahadbek Haydarov «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruv Raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Latest from Blog