Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi bosh vazir o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik barqaror sur’atlar bilan o‘sib, an’anaviy do‘stona aloqalar va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini qayd etdi.

Koreya Respublikasiga 2017-yil noyabr oyida amalga oshirilgan tarixiy tashrif va uning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘zaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgani va aniq amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta’kidlandi.

O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,3 milliard dollardan oshdi. Tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ga muvofiq, bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 6 milliard dollardan ortiq, 60 dan ortiq investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

O‘zaro hamkorlikning o‘tgan davrida O‘zbekiston iqtisodiyotiga Janubiy Koreyadan jami 7 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Koreya Respublikasi kompaniyalari ishtirokida 500 dan ortiq korxona tashkil etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqini Pxyonchxan shahrida qishki Olimpiya o‘yinlari boshlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi, ushbu nufuzli xalqaro sport tadbirining muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirdi.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Hukumatlararo komissiya hamraisi davlat rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Prezident Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon O‘zbekiston rahbariyati Koreya Respublikasi fuqarolariga vizasiz tartib joriy etish haqida qaror qabul qilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu, shubhasiz, mamlakatimizga sayyohlar oqimini salmoqli darajada oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Kim Dong Yon Janubiy Koreya mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng miqyosli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar