Shavkat Mirziyoyev “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydoniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Samarqandga safarining ikkinchi kunida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbari bu yerda bo‘linmalarning o‘zaro xamkorlikda o‘tkazgan operativ-taktik mashqlarini kuzatdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev mamlakat mudofaa tizimida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar, zirhli texnikalar va razvedka aloqa vositalari bilan tanishib, harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Latest from Blog