Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan 2-sentabr sanasi Xotira kuni sifatida belgilangan. Bu kunda jamoatchilik yig‘ilib, Birinchi Prezidentni yod etish ezgu an’anaga aylangan.

Karimov 002

Ma’lum qilinishicha, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif davomida Qur’on tilovat qilingan.

Shavkat Mirziyoyev istiqlolning 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tarixning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatni boshqarganini ta’kidlagan.

Karimov 003

“Ushbu xotira tadbiri ham xalqimizning Birinchi Prezidentga hurmati ifodasidir. Marosimda Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.

Karimov 004

Karimov 005

Karimov 006

Karimov 007

Karimov 008

Karimov 009

Karimov 0010

Latest from Blog