Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziriga hamdardlik izhor etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Tereza Meyga London shahridagi terrorchilik hujumi oqibatida insonlarning qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: CNBC.com

«Biz hech qanaqasiga oqlab boʻlmaydigan bunday gʻayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz», — deyilgan Oʻzbekiston prezidentining hamdardlik maktubida.

Oʻzbekiston rahbari «halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazib qoʻyishni soʻradi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sogʻayib ketishlarini tiladi».

Latest from Blog