Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

23-may kuni Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: Fox News

O‘zbekiston Prezidenti o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdarlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, barcha jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayishni tiladi.

22-may kuni kechqurun Manchester Arenada o‘tgan Ariana Grandening konsertidan so‘ng portlash yuz bergan. Hodisa oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 59 kishi kasalxonaga yetkazilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog