Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assamleyasining birinchi kunida soʻzga chiqadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining birinchi kunida soʻzga chiqadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti bilan birga shu kuni Bosh assambleya minbariga AQSH prezidenti Donald Tramp, shuningdek Armaniston, Afgʻoniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya prezidentlari chiqadilar.

Bosh Assambleyaning oliy siyosiy muzokaralari 19-25-sentabr kunlari oʻtkaziladi.

Muzokaralarning eng dolzarb mavzusi dunyo aholisi uchun munosib hayot yaratishdir.

Bundan tashqari, Bosh Assambleya ishtirokchilari Markaziy Amerika, Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi vaziyatlarni muhokama qiladilar.

Shuningdek, 20-sentabr kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassda tinchlikparvar missiyasini joylash haqidagi masalani koʻtarib chiqadi. Moldaviya hukumati esa oʻz hududidan xorijiy harbiylarni chiqib ketish masalasi boʻyicha soʻzga chiqadi.

Anjumanning soʻnggi kunida tashqi ishlar vazirlarining soʻzga chiqishi belgilangan. Unda KXDR va Suriya tashqi ishlar vazirlari chiqishlari kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, BMT Bosh Assambleyasi — bu umumiy siyosiy muzokaralar oʻtkaziladigan xalqaro forum hisoblanadi va Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida oʻtkaziladi. Xalqaro siyosiy anjuman davomida BMTga aʼzo davlatlar delegatsiya rahbarlari dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy xavf-xatarlar, xalqaro va mintaqaviy inqirozlar xususida oʻz fikrlarini bildiradilar.

Latest from Blog