Shavkat Mirziyoyev Artel zavodiga tashrif buyurdi


Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, Toshkent va butun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar taqdimotlarida ishtirok etmoqda. Navbatdagi manzil tumandagi “Artel” zavodi bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Jahon AA».

Prezident zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi o‘rinlari bilan qiziqdi.

Shu yerda “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Prezident ko‘rgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Bugungi kunda “Artel” brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, konditsioner, mikroto‘lqinli pech, chang yutgich, qo‘l telefoni kabi eng so‘nggi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar