Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrif rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu yilning sentabr oyida AQShga rasmiy tashrif uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda «Sputnik O‘zbeksiton».

Foto: TravelDigg.com

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-22-mayda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida Amerika prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Oʻshanda AQSh prezidenti Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan edi.

Tashrif ushbu yilning 12-14-sentabr sanalari orasida boʻlib oʻtishi ehtimoldan xoli emas, chunki 13-sentabr kuni Nyu Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi yigʻilishining yetmish birinchi sessiyasi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, Oʻzbekiston oliy rahbariyatiya AQShga rasmiy tashrif bilan soʻnggi bor 2002-yilda borgan edi. Oʻshanda Oʻzbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov Jorj Bush taklifiga binoan Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib Oq uyda muzokaralar oʻtkazgan edi.

Latest from Blog