Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga taklif qildi, deb yozadi KNews. Bu haqda O‘zbekiston rahbari mamlakat delegatsiyalarining ikki tomonlama uchrashuvida aytib o‘tdi.

Foto: KNews

Qirg‘iziston Prezidenti bunga rozilik bilan javob berdi va shu yilning oktabrida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini bildirdi.

Rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomani imzoladi.

Andijon va O‘sh, Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida, Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida, Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017—2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa muhim hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev muzokaralar o‘zaro hurmat, ishonch va amaliy ruhda o‘tganini, erishilgan tarixiy kelishuvlar O‘zbekiston Qirg‘iziston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar