Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Foto: dari.sputniknews.com

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazida sodir etilgan mudhish va g‘ayriinsoniy terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh kishilarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

Ushbu musibatli damlarda Sizga va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni etkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz, deyiladi Prezident maktubida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog