/

Shavkat Mirziyoyev: 900 nafardan ortiq bemorlarga operatsiyani oʻtkazish rad etilgan

Foto: Яндекс Дзен

1-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davolanishga muhtoj bemorlarga bepul order berish, inson aʼzolari transplantatsiyasi masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, oʻtgan yili ixtisoslashgan markazlarda davolanishga muhtoj 84 ming nafar bemordan atigi 51 ming nafari (61 foiz) bepul order bilan taʼminlangan.

Joriy yilda ushbu mablagʻni deyarli 1,5 baravarga koʻpaytirib, qoʻshimcha 80 milliard soʻm, yaʼni uning jami miqdorini 250 milliard soʻmga yetkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, respublika ixtisoslashgan markazlari tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hududlardagi 3 ming nafar oilaviy shifokorni qisqa muddatli kurslarda oʻqitishni tashkil etish, viloyat hokimlari va tegishli idora rahbarlari bilan birga, yil yakuniga qadar har bir bemorni sogʻlomlashtirish manzili, yaʼni tuman, viloyat va respublika darajasida davolash grafigi va aniq muddatlarini belgilash vazifasi yuklatildi.

“Yana bir masala – oʻtgan yilda birgina Xirurgiya markaziga murojaat qilgan 900 nafardan ortiq bemorlarga donorlar yaqin qarindoshi boʻlmagani uchun operatsiyani oʻtkazish rad etilgan” — dedi Prezident.

Oqibatda koʻpchilik fuqarolarimiz xorijda ushbu operatsiyani oʻtkazishga majbur boʻlmoqda.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis palatalari inson aʼzolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini yaratishi kerakligi taʼkidladi.

Tegishli masʼullar ixtisoslashgan markazlarning joylardagi ishini qanday tashkil etishi boʻyicha axborot berdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog