Shavkat Mirziyoev qator vazirlik va qo‘mitalarda kadrlarni almashtirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq qator vazirlik va davlat qo‘mitalarida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi.

Foto: Sputnik

Jumladan: Haydarov Ahadbek Yaxyobekovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Jamalov G‘ofir Oribjonovich O‘zbekiston Respublikasi uy-komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Nazirov Nazirjon Tohirjonovich O‘zbekiston Respublikasi uy-komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Qudratov Laziz Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi birinchi lavozimiga tayinlangan.

Xabibullayev Sherzod Xabibullaxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Qurbonov G‘olibjon Karimovich O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari lavozimiga tayinlangan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog