Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali loyihasi bilan tanishdi

/


Hukumatning 25-yanvardagi qaroriga muvofiq Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida u kishining haykali o‘rnatiladi. 15-aprel kuni Prezident Samarqand shahridagi Yo‘lbarslar xiyobonida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali loyihasini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda shuningdek, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda. Loyihaga ko‘ra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qur’on oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi.

Kecha Shavkat Mirziyoyev ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi va uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar