Sevara Nazarxon Toshkentda katta konsert dasturini beradi


Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sevara Nazarxon may oyining ohirida Toshkentda katta konsert beradi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qildi.

“Toshkent koʻrishguncha”, – deya xabar qoldirdi xonanda ijtimoiy tarmoqda.

Konsert Toshkentdagi muxtasham Forumlar saroyida uch kun davomida, 25-26-27-may kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Dasturda fonogrammadan foydalanilmaydi. Barcha musiqa va qoʻshiqlar jonli ijro etiladi.

Sevara Nazarxon 2004-yili BBC Radio 3 tomonidan taqdim etiladigan osiyolik “Eng yaxshi qoʻshiqchi” unvoniga sazovor boʻlgan. Sevaraning Rossiya Fedratsiyasining vokal ijrochiligi boʻyicha eng asosiy “Golos” yaʼni “Ovoz” loyihasidagi ishtroki hamma uchun kutilmagan hol boʻldi. Shundan keyin u “Вышка”, “Точь в точь”, “Танцы со звездами” kabi loyihalarda ham qator yutuqlarga erishdi.

Latest from Blog